kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Maktabda ingiliz tili fanini o'qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu maqolada  ingliz tili o‘qituvchisining innovatsion metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari yoritib berilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Maktabda ingiliz tili fanini o'qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish.»

Maktabda ingiliz tili fanini o'qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish.

Buxoro shahar kasb hunar maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi

Halimova Nafisa Murodovna

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tili o‘qituvchisining innovatsion metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar. Ta’lim, interfaol metod, maktab, pedagog, o’quvchi, samara, faoliyat, axborot texnologiyasi.

Xabarimiz borki, shu yili prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 2021-yildan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi xaqida ta`kidlangandi. Bu esa biz chet tili o`qituvchilarining yelkasiga ulkan mas`uliyatni yuklaydi. Endi an’anaviy dars metodlari o`rniga yangi AKTdan foydalangan holda interfaol usullar asosida dars jarayonini tashkil qilishimiz lozim. Bu ta`lim davr talabi ham bo`lib, o`qituvchini o`z ustida yana ham ko`prok ishlashga to`g`ri keladi. Maqolada ham dars o`tishning yangi usullariga e`tibor qilar ekanmiz avvalo, bu usullarning turi va samarasiga e`tibor qaratish lozim Shuni alohida ta`kidlash kerakki, respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratilmoqda. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshdi. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berildi.

Bugungi kunda asosiy e’tibor о‘quvchi, uning shaxsiyati va о‘ziga xos ichki dunyosiga qaratilgan. Shuning uchun zamonaviy о‘qituvchining asosiy maqsadi tashkil etish usullari va shakllarini tanlashdir о‘quv faoliyati shaxsiy rivojlanishning belgilangan maqsadiga optimal darajada mos keladigan talabalar. Sо‘nggi yillarda maktablarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish masalasi tobora kо‘proq kо‘tarilmoqda. Bu nafaqat yangi texnik vositalar, balki о‘qitishning yangi shakllari va usullari, о‘quv jarayoniga yangicha yondoshishdir. Chet tillarni о‘qitishning asosiy maqsadi maktab о‘quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, chet tilini amaliy о‘zlashtirishga о‘rgatishdir.

Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ham chet tillarini о‘rganishga alohida ahamyat berilmoqda. Shu boisdan yurtimizda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidanchettillari bо‘yicha yuqori kо‘rsatkichlarga erishgan maktablar uchun Prezident sovrini ta’sis etiladi”. Darhaqiqat, chet tilini rivojlantirish orqali dunyo tan olgan davlatlar standartiga javob bera oladigan maktab dars, darslik yaratish uchun davlatimiz tomonidan judayam kata mablag‘lar ajratildi va bugungi kunda ham ajratilmoqda. Bu imkoniyatlardan biz pedagoglar yoshlarimizga vijdonan ta’lim-tarbiya berish yuksak vazifamizdir.Ingliz tili darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etilganda zamonaviy talabao’quvchilar mustaqil holda erkin fikr yuritadi, ta’lim o’quvchi-o’qituvchi, vao’quvchi-o’quvchi hamkorligida olib boriladi. Interfaol eng faol ta’lim usuli bo’lib,o’quchilarga tez muddatda samarali ta’sir etish, mustaqil fikr yuritish, o’z ustidaishlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik kabi bilim, ko’nikma va malakalarnishakllantirishni ta’minlaydi.

Ingliz tili darslari davomida ba`zi o`qituvchilarning texnologiyalarni qo`llashni bilmasliklari va foydalanmasliklari, o`quvchilarning bir muncha zerikishlariga olib keladi.

Aynan shu sababli ya`ni o`rganuvchining ishtiyoqini so`ndirmaslik uchun dars davomida texnologiyalardan va kamida komputerdan foydalanish o`rganuvchining qiziqishini ortib borishini yanada ta`minlaydi. Zero, o`rganuvchining yoshiga, qiziqishiga, qobiliyatiga, darslarni o`zlashtirishiga qarab tayyorlangan o`quv materiallari albatta samara beradi. Aksincha, biz o`qituvchilar ushbu talablar asosida o`quv materiallarini tanlamasak, boshlang`ich sinf o`quvchilariga murakkab so`zlardan iborat bo`lgan video-filmlar, qo`shiqlar yoki matnlarni eshittirsak yoki multimedia, komputerlar orqali namoyish etsak, o`rta va yuqori sinf yoki guruh o`rganuvchilariga juda ham sodda matnlardan iborat o`quv materiallarini namoyish etganimizda o`rganuvchilarning tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishlari asta-sekin so`na boshlaydi va darslarni o`zlashtirmay qo`yishadi. Bu esa o`z navbatida baholarning pasayib ketishi, o`qituvchining o`quvchilar oldida o`z hurmatini yo`qotib qo`yishga olib kelishi mumkinChet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samarador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va kassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Demak, bundan kelib chiqadiki dars davomida texnologiyalardan shunchaki foydalish emas, balki ularni o`z o`rnida qo`llay bilish va texnologiyalardan foydalanish o`quvchi bilimini oshirishga xizmat qilishini ta`minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi CEFR ya`ni Xalqaro Yevropa ta`lim standartlarining talablari bo`yicha to`rtta: (writing, reading, listening, speaking) ingliz tilida yozib, o`qib, tinglab, so`zlashib o`rganish kompitensiyalari bo`yicha olib borilayotgan darslar davomida texnologiyalardan unumli va o`rinli foydalanish ahamiyatlidir.

Global Internet dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan talabalar va о‘qituvchilar uchun zarur bо‘lgan har qanday ma’lumotni olish uchun sharoit yaratadi: mintaqaviy geografik materiallar, yoshlar hayotidagi yangiliklar, gazeta va jurnallardan maqolalar va boshqalar. Darslarda ingliz tilida Internet yordamida bir qator didaktik muammolarni hal qilish mumkin: global tarmoq materiallaridan foydalanib о‘qish kо‘nikma va malakalarini shakllantirish; maktab о‘quvchilarining yozish qobiliyatini oshirish; talabalarning sо‘z boyligini tо‘ldirish; talabalarning ingliz tilini о‘rganish motivatsiyasini shakllantirish. Bundan tashqari, bu ish maktab о‘quvchilarining ufqini kengaytirish, ingliz tilida sо‘zlashadigan mamlakatlarda tengdoshlari bilan ishbilarmonlik munosabatlari va aloqalarini о‘rnatish va qо‘llab-quvvatlash uchun Internet-texnologiyalar imkoniyatlarini о‘rganishga qaratilgan. Talabalar Internetda о‘tkaziladigan testlar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etishlari, boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan yozishmalar, suhbatlar, videokonferensiyalar va h.k.larda qatnashishlari mumkin.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: «Ilg‘or pedagogik g‘oyalar va texnologiyalarni keng jamoatchilik vakillariga etkazuvchilari hamda targ‘ibotchilari kimlar?». Alohida pedagog yoki ta’lim muassasi tajribasini o‘rganib chiqish, ommalashtirishda oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, umuta’lim dargohlarida faoliyat olib boradigan etuk pedagoglar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababini quyidagicha izohlash mumkin:

- innovatsiya muallifi muayyan pedagogik g‘oya yoki yangilikning istiqboli to‘g‘risida kerakli va aniq bahoni bera olmaydi;

- ilg‘or pedagoglar har doim ham o‘z g‘oyalarini ommalashtirish haqida o‘ylayvermaydilar. Sababi yangilik pedagogning qo‘shimcha vaqti, mehnatini talab qiladi;

- g‘oya har doim ham uning yaratuvchisi tomonidan ilmiy–metodik jihatdan etarlicha asoslanmaydi;

- mualliflar o‘zlarining innovatsiyalari va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llarini bayon qilishda o‘zlari va kasbdoshlarining indvidual xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘siqlarga ro‘baro‘ keladilar;

- nafaqat pedagogik innovatsiyalarni targ‘ibqilish va ommalashtirish, balki ular asosida pedagoglar qaoliyatiga tuzatishlar kiritish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligi va mahoratini boyitish vazifasi ham ijodiy guruh zimmasiga yuklanadi;

- innovatsiyalarni tizimli tanlash, monitoring o‘tkazish, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalarga baho berish, oliy o‘quv yurtlari ish tajribalarini boyitish vazifalari ham ijodiy guruh a’zolari zimmasidadir.

Ingliz tili darslari davomida ba`zi o`qituvchilarning texnologiyalarni qo`llashni bilmasliklari va foydalanmasliklari, o`quvchilarning bir muncha zerikishlariga olib keladi. Aynan shu sababli ya`ni o`rganuvchining ishtiyoqini so`ndirmaslik uchun dars davomida texnologiyalardan va kamida komputerdan foydalanish o`rganuvchining qiziqishini ortib borishini yanada ta`minlaydi. Zero, o`rganuvchining yoshiga, qiziqishiga, qobiliyatiga, darslarni o`zlashtirishiga qarab tayyorlangan o`quv materiallari albatta samara beradi. Aksincha, biz o`qituvchilar ushbu talablar asosida o`quv materiallarini tanlamasak, boshlang`ich sinf o`quvchilariga murakkab so`zlardan iborat bo`lgan video-filmlar, qo`shiqlar yoki matnlarni eshittirsak yoki multimedia, komputerlar orqali namoyish etsak, o`rta va yuqori sinf yoki guruh o`rganuvchilariga juda ham sodda matnlardan iborat o`quv materiallarini namoyish etganimizda o`rganuvchilarning tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishlari asta-sekin so`na boshlaydi va darslarni o`zlashtirmay qo`yishadi. Bu esa o`z navbatida baholarning pasayib ketishi, o`qituvchining o`quvchilar oldida o`z hurmatini yo`qotib qo`yishga olib kelishi mumkin.

Chet tili darslarining o’tilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish zarur.

«Keys-stadi» bo`lib inglizcha, («case» — aniq vaziyat, hodisa, «study» — o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.

Eng qiziqarli metodlardan biri - «Pantomimo» o‘yinida 3 guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan kishi doskaga chiqariladi. Ularga turli so‘zlar ro‘yxat asosida beriladi. Ular biror bir so‘z aytmasdan imo-ishoralar, harakatlar orqali so‘zlarni qolgan guruh a’zolariga tushuntirishlari kerak.

“Muammoli vaziyat yechimi” (Creative Problem Solving) bu usulni qo’llash uchun hikoyaning boshlanishi o’qib beriladi qanday yakun topishi o’quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi;

“Quvnoq topishmoqlar” (Merry Riddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar;

“Tezkor javob” (Quick answers) o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi;

“Chigil yozdi” (“Warm-up exercises”) o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o’yinlardan foydalanish;

“Pantomima” (pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi;

YALPIY FIKRIY HUJUM” METODI Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axdorot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.

Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. Ta’lim tizimi o’z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shaxsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak o’qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammalroq ishlab chiqshimizimiz bilan o’z xissamizni qo’shishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil [1]

2.PQ 1875 “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaror. “ Xalq so`zi” gazetasi, 2-bet. 2012 yil,10-dekabr

3. Azamova Sh. Maktabgacha ta`lim jarayonida xorijiy tillarni o`qitishning zamonaviy metodikalari-"Science and education" scientific journal April 2022 volume 2 issue 4

4. Jamol Jalolov chet til 0 ‘qitish metodikasi,0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent - 2012

5. N.Q.Xatamova, M.N.mirzayeva. “INGLIZ TILI DARSLARIDA QO`LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR” (uslubiy qo`llanma), Navoiy, 2006, 40 bet






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Maktabda ingiliz tili fanini o'qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish.

Автор: Halimova Nafisa

Дата: 03.06.2025

Номер свидетельства: 671066


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства