Kashtachilik texnologiyasini o’ziga xos xususiyatlari
Kashtachilik texnologiyasini o’ziga xos xususiyatlari
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’atini boy rang- barang ma’daniy merosimizning eng ajoyib qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelgan amaliy bezak san’at asarlari bemisl va betakrorligi bilan butun jahonga mashhur va ma’lum. O`zbek milliy kashtado`zligi xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.
Kashta - turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga gul tikishdir. Kashta har xil kiyimlarga, ro’zg’or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig’ir, jun, ipak, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan yasalgan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o’ziga xos ish qurollari mavjud
bo’lib, ular o’ziga xos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, to’g’nag’ich, angishvona, qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezak san’atini boy rang- barang ma’daniy merosimizning eng ajoyib qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelgan amaliy bezak san’at asarlari bemisl va betakrorligi bilan butun jahonga mashhur va ma’lum. O`zbek milliy kashtado`zligi xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.
Kashta - turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga gul tikishdir. Kashta har xil kiyimlarga, ro’zg’or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig’ir, jun, ipak, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, metall pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan yasalgan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o’ziga xos ish qurollari mavjud
bo’lib, ular o’ziga xos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, to’g’nag’ich, angishvona, qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi.
Kashta tikish chambaraklari
Kashta tikiladigan gazlamani chambarakka tortishda uning kichik gardishi qo’yilib, iplarini qiyshaytirmasdan to’g’rilanadi. Katta gardishni uning ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Chambarak tortilayotgan yupqa gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi chambarakning diametridan kichikroq doira qilib qo’yilgan boshqa gazlama qo’yiladi.
Chambaraklar stolga mahkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin. Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi.
Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta (1 va 2 tartibli) ignalar tanlanadi. Ignaning ko’zi katta bo’lsa, bir necha qavat ipni o’tkazish oson bo’ladi. Bunday ignalar sanama va oddiy choklarni tikishda, hamda ipni sanash va ajratib
olish uchun qulay. Jun ipni ignaga o’tkazish qiyin. Bu ipni o’tkazish uchun ignalar komplektidagi ip o’tkazgichdan foydalanish mumkin, uning bir qatim ipak yoki ingichka g’altak ip bilan o’tkazsa ham bo’ladi.
Qo’lda kashta tikish uchun o’ziga xos asboblar bo’ladi. Kashtachilikda ninalar, angishvona, qaychi, santimetr lenta, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar hamda chambarak (pyalisti) ishlatiladi. Kashtachilikda oq, kul rang, och sariq, och mallarang bo’z, surp, karboz, shoyi, baxmal, chit yoki satin kabi matolar ishlatiladi. Bunday matolarga naqsh kompozitsiyasi chizilganda yaxshi ko’rinadi, rangli iplarning aksariyati unga mos tushadi. Gullar va naqsh kompozitsiyalar chizish uchun chizg’ichlar, yumshoq qalamlar, daftar, albom, o’chirg’ich, millimetrli qog’oz, nusxa ko’chiradigan qog’oz va shaffof qogozlar kerak bo’ladi.
Chambaraklar gazlamani tarang tortib, so’ngra kashta tikish uchun ishlatiladi. 20 – 40 sm bo’lib, ikkita gardishdan iborat bo’lib, bir - biriniyg ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan tozalash kerak.
Kashtalarning ko’p xillarida umuman chambarak ishlatilmaydi. Kashta tikish uchun cho’ziqroq ko’zli kalta (1 va 2 tartibli) ninalar tanlanadi.
Chambarak asosan yog’ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog’och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz
bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o’tkir uchli 10-12 sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo’lishii uchun, ip 50-60 sm dan uzun bo’lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa, angishvona qo’llanilmaydi. Naqsh nusxasi har xil materiallarga, har xil yo’llar bilan tushiriladi.
Asrlar bo’yi yig’ilib, avloddan avlodga avaylab-asrab kelingan an’analar doirasidagi bu poyonsiz boylik, undagi cheksiz xilma xillik bu o’ziga xos xalq san’atining bebaho xususiyatini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.K.M. G’ulomov. Amaliy san’at. – Toshkent, 2008.
2.Q.M.Abdullayeva, M.A.Maxsumova, M.H.Rahimjonova. Gazlamaga badiiy ishlov berish, kashtachilik va uni o’qitish metodikasi. (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent: Voris-Nashriyot, 2012.
3.S.S. Bulatov. O’zbekiston xalq amaliy bezak san’ati. – Toshkent, 1991. 4.X.B.Muhammedova. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarning xalq
hunarmandchiligiga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish metodikalari.
5.Б.Х.Кармынова. Очерки этнической истории южных районов Тажикистана и Узбекистана. – Москва, 1976.