kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an’anaviy ilmiy nazariyalar

Нажмите, чтобы узнать подробности

Jan Batist Lamark (Fransiya, 1744–1829) organik dunyo tadriji to‘g‘risida o‘ziga qadar yaratilgan ta’limotlar ichida xiyla mukammal nazariyani asosladi. unga ko‘ra hayvonlar, o‘simliklar turlari doimo o‘zgarib boradi. bunda tashqi ta’sir ostida ularning tuzilishi murakkablashib va ichki salohiyatiga binoan ular takomillashib boradi. Olim tadrijiylik tamoyilini jonli tabiatning yagona qonuni deb ko‘rsatgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an’anaviy ilmiy nazariyalar»

Insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an’anaviy ilmiy nazariyalar

Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi

to‘g‘risida

dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak

va ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. u yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo‘lgan.

birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan.

Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha, «…Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi … xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi»1.

Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «…biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. so‘ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. so‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik»2.

Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.

ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma-

xil. shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.

Tabiatshunoslik dalillari

diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa, yangi zamonning boshlaridan yevropada

to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo bo‘lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. bundan tashqari, hayvonlarning ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning morfologik tuzilishi va qushlarning ikki oyoqda yurishi, ko‘pgina jonzotlarning eng sodda qurollar yordamida «uy-joy» qurish, o‘ziga xos tarzda tildan, raqsdan foydalanishi, jamoa bo‘lib yashashi va hokazolar ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O‘z navbatida, bular odamning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlarga bog‘liq bo‘lmagan holda tushuntirilishi lozim edi. yoki topilgan tosh qurollarning kimga tegishliligi ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. bu qurollarni hayvonlar yasamaganliklari uchun ularniki bo‘lolmasligi aniq edi.

Tadrijiylik ilmiy yo‘nalishi

inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy yo‘nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida

xix asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi.

antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan xviii asrda yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan. masalan, shotlandiyalik geolog olim Jeymas Petton (1726–1795) ilgari surgan geologiyaviy farmatsiyalar to‘g‘risidagi tadrijiylik nazariyasida yer sayyorasining geologik tarixi, uning u yoki bu qismining yemirilishi va boshqa qismi kelib chiqishining qaytarilib turishi sikllari sifatida talqin qilingan edi. keyinroq, 1796yilda fransuz olimi Pyer Simon Laplas (1749–1827) quyosh tizimining «dastlabki» tumanliklardan kelib chiqqanligi nazariyasini ilgari surdi. bu nazariya Olamning I. Nyuton mexanikasiga asoslangan statik qiyofasi o‘rniga, tadrijiy mexanika qiyofasi to‘g‘risidagi qarashlarini ifodalagan edi.

laplasning zamondoshi ingliz vrachi va tabiatshunosi Erazm Darvin (Charlz darvinning bobosi) o‘zining «zoonomiya» dostonida (1796) ilgari surgan nazariyasida tashqi muhit ta’sirida hayvonlar hayotini tadrijiy tushuntirib berdi.

Jan Batist Lamark (Fransiya, 1744–1829) organik dunyo tadriji to‘g‘risida o‘ziga qadar yaratilgan ta’limotlar ichida xiyla mukammal nazariyani asosladi. unga ko‘ra hayvonlar, o‘simliklar turlari doimo o‘zgarib boradi. bunda tashqi ta’sir ostida ularning tuzilishi murakkablashib va ichki salohiyatiga binoan ular takomillashib boradi. Olim tadrijiylik tamoyilini jonli tabiatning yagona qonuni deb ko‘rsatgan.

tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, insonning kelib chiqishi to‘g‘risida turli-tuman qarashlar mavjud. Jumladan, ulardan biriga ko‘ra, o‘tmishi 100 million yillarga borib taqaladigan xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo‘lib, qandaydir koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi – dinozavrlardan 60 million yil avval sutemizuvchilar (Matalia) sinfidan kelib chiqqan so‘nggi primat (primates)ning gominid (hominid) oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2–3 million yil avval tadrijiy shakllana boshlagan inson (homo) zoti dastlabki mohir odam (homo habilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir maymun-odam (pitekos antropos), keyin esa qadimgi odam (arhantropos) va 150 ming yil avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (homo erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. hozirgi odam – aqlli odam (homo sapiens) turi yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90–100 ming yildan beri yashab keladi.

darvinizm

tadrijiylik doirasidagi darvin ta’li motiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish,

irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.

Charlz Robert Darvin (angliya, 1809–1892) «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi» (1859), «Madaniy o‘simliklarning va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (1859), «Madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (2 jildlik, 1871), «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf etilgan edi.

darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o‘z aksini topmagan. k. marks va boshqalarning ijtimoiy omillar to‘g‘risidagi nazariyalari bu ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra, darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga olinmagan.

vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi

darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tadrijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi. bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat

tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. bunday yondashish asosida hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin bo‘ladi. v.i.vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan.

v.i.vernadskiy yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan edi.

kelib chiqishi fransuz bo‘lgan, paleontologiya, qadimshunoslik, biologiya sohalarida taniqli olim va mutafakkir teyar de sharden diniy-mafkuraviy tamoyillarga tayangan holda «tadrijiy-koinotiynasroniylik» nazariyasini ilgari suradi. bu nazariyaga ko‘ra, olamdagi butun mavjudot ruh uchqunlaridan tashkil topgan. Olam hodisalari oddiydan murakkabga tomon, pastdan yuqoriga qarab doimo o‘zgarishdadir. bunda ular o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, miqdoriy yoki sifatiy tomonlari bir-biriga o‘tib turadi. «barcha sohalarda, – ta’kidlaydi olim, – qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa, ularning ko‘rinishi, holati yoki tabiati keskin o‘zgaradi: qiyshiqlik harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, tekislik nuqtaga aylanadi, barqarorlik yo‘qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun bo‘laklarga ajraladi». teyar de sharden inson kelib chiqishini ham o‘z ichiga olgan koinot o‘zgarishi jarayonlari bosqichlarini quyidagicha tushuntiradi: noorganik tabiat («ilk hayot»), organik olam («hayot»), ma’naviy olam («fikr»), («noosfera») va Xudo («Omega nuqtasi») yoki ulkan hayot «fikr» bosqichida o‘zida ruhiy quvvatni mujassamlaydigan inson kelib chiqadi.

mehnat nazariyasi

bu nazariyadagi, diniy asosda bo‘lsa-da, amal qiladigan qat’iy determinizm tadrijiylikda hech qanday tasodifga o‘rin qoldirmaydi. mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga tirik mavjudotlar ichida alohida maqom berib, uning kelib chiqishini sakrashlar,

inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. bu jarayonlarda mehnatning tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. bu nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi masalaga javob berish lozim edi. Charlz darvin va uning maslakdoshi Alferd Uollesning tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz tabiatshunosi Tomas Gekslining 1863-yilda bosilib chiqqan «Tabiatda insonning o‘rni» asarida birinchi marta maymunlar, xususan, shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng Ch. darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti – «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov» asari yaratildi. unda inson allaqachonlar qirilib ketgan qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning «Maymunning odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli» asari ta’sirida inson va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi.

mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib chiqqanligini asoslash muammoligicha qolmoqda. bunda, ayniqsa, insonning maymundan uchta asosiy farqi – tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan miyaga egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.

Olimlar, jumladan, fransuz atropologi Buje da Pert qo‘yilgan masalaning javobini inson ilk ajdodlarining mehnat qurollarini yasash faoliyatidan topishga harakat qildi. tik yurishni izohlashda esa yashash muhitining o‘zgarishi, masalan, inson ajdodlarining o‘rmondan keng tekislikka chiqishi yoki qoyali joyda hayot kechirishiga o‘tish va h. k. bilan bog‘liq omillarni asos qilib oladi.

miyaning hajmi va og‘irligi hamda qo‘llarning rivojlanishi to‘g‘risida ham ko‘pdan ko‘p o‘zaro yaqin bo‘lgan qarashlar ilgari surildi.

lekin keyingi yarim asrcha vaqt ichida qadimshunoslik

(arxeologiya), genetika, zoologiya kabi fanlarda qilingan kashfiyotlar tadrijiylikning mehnat nazariyasi pozitsiyasini muayyan darajada kuchsizlantirdi. xususan, arxeologlarning hindiston va sharqiy Afrikada qilgan kashfiyotlari, ya’ni, topilgan suyak qoldiqlari ibtidoiy odamlarga tegishliligi yoki ayrim jihatdan hozirgacha topilgan tosh qurollardan ham qadimiyligi ma’lum bo‘ldi. buni esa ba’zi olimlar ajdodlarimiz avval inson ko‘rinishini olganligi va so‘ngra esa tosh qurollar yasaganligi tarzida izohlaydilar. genetika fani ma’lumotlariga ko‘ra, inson qadimgi ajdodlarining qurollar yasash faoliyati genda qayd etilmaydi va irsiy yo‘l bilan avloddan avlodga o‘tmaydi.

maymunlarni uzoq o‘rgangan zoologlar ularning eng sodda mehnat qurollari yasay olishini va o‘ziga xos ovchilik xususiyatlariga ega ekanliklarini qayd qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, maymunlar odamsifat hayvon ajdodlarining bir qismi bo‘lib, mehnat faoliyatini bajarolmagani tufayli o‘sha davr darajasida qolib ketgan. boshqa qismi esa ayni mehnat faoliyati tufayli insonga aylangan. biroq bu taxminlar ham hamon muammoligicha qolmoqda.

endi haqli savol tug‘iladi: insonning hayvon ajdodlari mehnat faoliyati qat’iy ma’noda tabiatda tayyor holda berilmagan mehnat qurollari yordamida amalga oshganmi? agar ushbu savolga ijobiy javob berilsa, ana shu hodisa inson kelib chiqishidagi birinchi sakrash hisoblangan bo‘lur edi. Ikkinchi sakrash aqlli inson bosqichiga o‘tishda yuz bergan deb qaraladi. afsuski, bu har ikki holat ham o‘zining aniq ilmiy yechimini hamon topganicha yo‘q.

Bextereva nazariyasi

antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari xx asrning ikkinchi yarmida koinotni

o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda. buning qator sabablari bor, albatta. masalan, uchuvchi boshqaradigan fazo kemalarining yer orbitasiga chiqarilishi, quyosh tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda kemalar uchirilishi, shuningdek, yerdan tashqari sivilizatsiyalar to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular jumlasiga kiradi.

Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis hisoblangan akademik n.p.bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson koinotdan yerga kelib ko‘payib ketgan. haqiqatan ham, hozirgi zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan. masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. lekin yerda inson miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha past. binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan.

bu nazariya doirasida shveytsariyalik Erix Fon Denikenning 1968-yilda bosilib chiqqan «Kelajak haqida xotiralar» kitobida ilgari surilgan qarashlar ham e’tiborga molikdir. uning ta’kidlashicha, yerdan tashqaridagi sivilizatsiya vakillari o‘zlarining qaysidir maqsadlari bilan sayyoramizga kelganidan so‘ng insonning gominid ajdodlarida irsiy jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz bergan. natijada aql va nutqqa ega yangi mavjudotlar kelib chiqqan. koinot vakillari ma’rifiy maqsadlar bilan yana bir necha marta Yerga kelib ketgan. bunga misol tariqasida muallif yerda (iroq va misrda) topilgan kristall linzalarni, to‘qima materialdan tikilgan kiyim parchasini, galvanik tamoyilda ishlaydigan elektr batareyasini va boshqa qator ashyolarni keltiradi va «iroq va misrda ishlov berilgan kristall linzalar topildiki, ular hozirgi vaqtda elektrokimyoviy yo‘l bilan olinadigan seziy oksidi qo‘llangandagina tayyorlanadi» – deydi.

xeluanda mavjud bo‘lgan kiyim parchasi shunday yumshoq va yupqaki, uni hozirgi kunda faqat maxsus fabrikalarda chuqur texnikaviy bilimlarni qo‘llash bilangina olish mumkin.

bag‘doddagi muzeyda turgan elektr batareyalari galvanik tamoyillarda ishlaydi. ularda yana noma’lum elektrolitli va mis elektrolitli elektr unsurlarini ko‘rish mumkin...

Old Osiyoning qo‘histon mintaqasidagi g‘orda topilgan qoya suratlarida yulduzlarning 10 ming yil avvalgi joylashuvi aks ettirilg an. zuhra va yer chiziqlar bilan tutashtirilgan. bizning madaniyatimizdan oldin juda yuqori madaniyat, texnikamizdan oldin ham texnika mavjud bo‘lganligini tan olamizmi yoki yo‘q, bundan qat’i nazar, aynan koinotdan safar qilib kelganlar to‘g‘risida faraz mavjud.

inson ajdodlariga boshqa sayyoralardan kelganlarning ta’siri to‘g‘risida turli mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda ham xilma-xil qarashlar ilgari surildi. bir-birini takrorlamaydigan bu qarashlarga xos umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida yerda koinotdan kelganlar qoldirib ketgan dalillarni topishga harakat qilishdir.

hozirgi vaqtda koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish ehtimoli tasdiqlanmadi. bunga astronomlarning yerda hayotning noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga tashlanadi.

Anomal hodisalar nazariyasi

insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf

qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, yerda iqlimning o‘zgarishi, quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia- t siyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.

yana shuni ta’kidlash joizki, yuqorida sanalgan tabiiy asoslar avval ko‘rib chiqilgan nuqtayi nazarlarning ba’zilari, masalan, mehnat nazariyasi komponentlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu tasodifiy emas. Chunki hozirgi tadqiqotchilar ham qadimgi gominidlarning insonga aylanishi jarayonini o‘rganishdi. Faqat gap bu yerda mehnat nazariyasi to‘g‘risida bormay, balki tabiatdagi anomal hodisalarning inson kelib chiqishi jarayonida tutgan o‘rni haqidadir.

darhaqiqat, normal holatdagi o‘simlik yoki hayvon, shuningdek, inson ham anomal ta’sir ostida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga uchrashi aniq. masalan, ota-onalarga o‘xshamaydigan odatdan tashqari qobiliyatli farzandlar dunyoga keladi. ular o‘zlari mansub bo‘lgan turning rivojlanishi qonunlariga go‘yo bo‘ysunmaydigan holdadir. agar bular insonni o‘zining qadimgi hayvon ajdodlaridan paydo bo‘lishi jarayoni tarzida mulohaza qilinsa, xiyla mantiqiylik kuzatiladi.

ma’lumki, afrika qit’asining janubida yer ostida jahondagi barcha uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir. Radiatsiyaviy fon yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon mavjudotlar tanasida mutatsiya – jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz qilinadi. mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Jarayonning bundan keyingi davomi, ba’zi ilmiy farazlarga ko‘ra, qurollarning tayyorlaridan foydalanish, keyinroq esa ularni yasash va takomillashtirish tarzida kechgan. bu esa ilk odamning tubdan o‘zgarishiga va oxir-oqibatda aqlli odam bosqichiga o‘tishini ta’minlagan.

inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas. shunday qilib, antropogenez muammolari bugunga qadar o‘z yechimlarini kutmoqda.

Asosiy tushunchalar
  • Antropogenez (yunoncha, insonning kelib chiqishi) – inson zoti kelib chiqishi jarayoni, shart-sharoitlari va mexanizmini anglatadigan tushuncha.

  • din – insonning xudoga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan dunyoqarashi, dunyosezishi va xatti-harakatlari tizimi bo‘lib, o‘z ichiga ijtimoiy me’yorlar, rollar, odatlar, e’tiqodlar, standartlar, tashkiliy shakllarni oladi. hozirgi vaqtda monistik nasroniy, islom va budda jahoniy dinlar hisoblanadi. bundan tashqari, uning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolgan shakllari ham uchraydi.

  • injil (yunoncha: xushxabar, ezgu xabar) – iudaviy va nasroniy dinlarning muqaddas kitobi.

  • mehnat – insonning maqsadga muvofiq faoliyati.

  • mif (yunoncha: hikoya qilish, arabchada: asotir – ertak) – kishilar qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, o‘zida uning unsurlarini (masalan, g‘ayritabiiylikni) jam etgan.

  • muhit – inson o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiki shartsharoitlar yig‘indisi.

  • Tadrijiylik – keng ma’noda Olam va uning turli sohalaridagi o‘zgarishlar kechishi to‘g‘risidagi falsafiy va ilmiy nazariya, tor ma’noda esa sekin-asta bo‘ladigan o‘zgarishlar tavsifi.

  • qur’on (arabcha, o‘qish) – islom dinining muqaddas kitobi.



1 injil. 2–3-betlar.

2 «qur’oni karim». «mo‘minun» surasi. 12–14-oyatlar. «Cho‘lpon»t., 2001, 342-bet.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Прочее

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
Insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi an’anaviy ilmiy nazariyalar

Автор: Икромов Комил муродович

Дата: 29.01.2019

Номер свидетельства: 497631


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства