Просмотр содержимого документа
«Хамса - великолепное чудо (сценарий мероприятия посвященного 581 - летию со дня рождения Алишера Наваи)»
“Xamsa”— buyuk mo`jiza”
mavzusidagitadbir
1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,
Bariga onasan, ey qodir hayot.
Asrlar qa’ridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildan
Xalqim ta’zim etsang arzigay tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o’zbek degan nom.
1-boshlovchi: Xoqoniy oily maqom Shoxruh sultoning podsholik davrida, izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi.Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi.
2-boshlovchi: Oliy martabali hidoyat nasabli,pozikiza tabiyatli,sof niyatli saltanat suyanchig’i mamlakat ustuni Xoqoniy davlatining yordamchisi yo’qlik dunyosidan borliq olamiga qadam bosib, o’zinining go’zalligi va porloq chehrasi bilan yer yuzini yoritdi.
1-boshlovchi: She’riyat mulkining sultoni , o’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning porloq nomi qariyib 6 asrki tillarda doston . Ulug’ mutafakkir hayotiga va ijodiga oid ma’lumotlarni barcha o`quvchilar juda yaxshi bilishadi . Uning asarlari asrlar davomida boy ma’naviy ozuqa sifatida xalqimiz tafakkurini boyitib , ezgulik hissi bilan yashashga undab kelmoqda .
2-boshlovchi: Shu bois ham bugun 7-“A”sinf o`quvchilari hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan siz azizlarga “Xamsa-buyuk mo`jiza”mavzusi ostidagi bayram tadbirimizni havola etamiz.
1-boshlovchi: Jondin seni ko`p sevarmen ,ey umri aziz,
Ondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz.
Har neniki sevmak,ondin ortiq bo`lmas,
Sondin seni ko`p sevarmen,ey umri aziz.
2-boshlovchi: Zamonlar qa’ridan keladur sado,
Yomon ishlar topgaydur jazo,
Tarbiya maslagin aylaydi axbor,
Purma’no beradur “Hayrat-ul abror”
Sahnada o`rmon ko`rinishi.Durroj va sherning suhbati:
Durroj: Aziz do`stim,qaydin kelursen?
Sher: Go`daklarim vaqtin chog`lab yuribmen.
Durroj:Shundoq qaltis paytda tanho ne dersen?
Sher: O`z-o`zimga himoyadamen.
Durroj:Vo ajab,sen bilmasmusen?
Jonzotlar vahshiysi sher bolaga o`ch?
Sher: Yo`q eshitmabmen,endi ne iloj,
Qalbim parchasini aylaymanda pech.
Durroj:Menda border bir chora,
Do`stlashylik sad bora.
Sher:Sendan menga ne nafdur?
Durroj: Xabar berurman xavfdin.
Sher:Mayli,aytganing bo`lsun.
Senga bolam omonat
Durroj: Qilmayman hech xiyonat.
Muallif: Kunlar ketidan kunlar o`tib borar vaqt sayin,
Ammo durroj har safar sherni aldab boradur…
Durroj:Do`stim,tezroq yetib kel,bolang xavfga yo`liqdi.
Qizlar ijrosida “Istaram” qo`shig`i ostida raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi: Har bir ishning o`z vaqti bordir,
Ishq kitobin qatlari yordir.
“Xamsa”da bordir bir junun
Olibmen qo`limga”Layli va Majnun”
2-boshlovchi: O`qigach,bilursen jondin kechmoqni,
Xayolga cho`masan chihal yechmoqni.
Kelajak yulduzi—bashari funun,
Beqiyos kitobat”Layli va Majnun”
Haj ziyorati.Muqaddas Ka’ba tavofi.Sahnada Majnun va otasi ko`rinadi. Ota ka’bani tavof etib,ollohga iltijo etadi:
Ota: Ey, pok parvardigor, o`zing bergaysen shifo,
Farzandi jovidonim,bo`ldiku misli gado.
Qaysning jununi qo`zg`ab,ilkida yori xudo,
Shifosin bergin o`zing,tangrim senga tavallo
Farzandim anduh ichra,qalbi pora bo`ladur,
Fig`oni o`t ichinda,xasta dilband yoradur.
Senga iltijo,olloh,dardiga davo ayla,
Qaysning yuragin poklab,shifosin o`zing ayla
Majnun: Senga talpindim,yo rab, Unga talpingay yurak,
Ozor chekadi bu qalb. menga sendin ne kerak?
Mahramim yo`qdur yo rab, Bergin menga qanoat,
O`zing bilgaysan sabab. Layliga yetay har vaqt
Iltimosim,yo rabbim. Qolmadi zarra toqat, Uning chun yashay faqat.
Laylimdur mening vaslim.
Ota: Ne deyursan,ey badbaxt farzand?
Olloh uyin aylagin xursand.
Shifo so`ra o`zingga mutlaq,
Olloh amri sengadir ilhaq…
Majnun: Layli ishqin tanimda jo qil,
Layli ishqin ragimda qon qil.
Majnun o`ladi.
Alisher Navoiy tuyuqlari asosida Buxoro mavrigisi ijro etiladi.
1-boshlovchi: Odamiy ersang,demagil odami ,
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami
2-boshlovchi: Hayot saboqlarin aylabon turkiy,
Shohlarning shohidir”Saddi Iskandariy”
Saltanat ko`rinishi. Taxtda Iskandar podshoh o`tiradi.Vazir kirib keladi.
Vazir: Shohim ,bir arzim bordir.
Iskandar:Ne arz ekan,so`ylagin
Vazir: Bozor rastalarini kuzatib yurganimda bir qalandarning “Shoh va gado tengdur”deb barilla aytayotgan so`zlari quloqqa chalindi.Undan uzr so`rashini talab etdim,biroq qalandar dor ostida bo`lsa ham shu da’vosidin kechmasligini aytdi.
Iskandar:O`zing bir gado erkansen.Ne uchun turli nifoq keltiruvchi so`zlarni aytasen?Qayerda ko`rdingki,shoh va gadoning tengligini?Mana menga va o`zingga bir razm sol.Kim kimdan ustunroq ekan?Sening isming nima?
Qalandar:Davlat.
Iskandar va vazir xaxolab kulishadi.
Iskandar:Bir bechora gado ham Davlat deb nom berishadimi?Bu qanday ojizlik erkan-a?
Qalandar:Davlatning ko`zi ko`r bo`lmaganda sen faqirning oldingga kelarmidi?
Bu javobdan Iskandar sergaklanibdi.
Iskandar:Menga so`z o`yini qilmagin,bunday o`yinlarga toqatim yo`qdir.Bozorda aytgan so`zlaringga izoh talab qilurmen
Qalandar:Mahramlaringizga ayting,qabristonga borib,bir kambag`al faqirning hamda boy-badavlat kimsaning bosh chanog`ini olib kelishsin.
Iskandar:Farmoni muqarrar.Zudlik bilan gado aytgan topshiriqni bajo kelturing.
Vazir:Xo`p bo`ladi,olampanoh (chiqib ketadi)
Vazir ikkita bosh chanog`ini ko`tarib kiradi.
Iskandar:Mana sen aytgan chanog`lar.Endi izohingni kutyapman.Dor ostiga borishdan qo`rqmas ekansan,qulog`im senda
Qalandar: Sizningcha,bu bosh suyaklarining qay biri badavlat odamniki,qay biri faqirniki? Men aniq topa olamasmen.
Iskandar bosh suyaklarini qo`lga olib,sinchiklab qaraydi,ammo farqini topa olmaydi.
Iskandar:Hech ham farq qilmaydur.Bosh suyaklari hammada bir xildir.
Qalandar:Ana endi izohga hojat ham yo`q.Chunki ollohimning oldida hammamiz birdekmiz. Faqat kimdir yaxshi amallari bilan,boshqa birov ayanchli qilmishlari bilan javob beradir.Shuni aytish joizki,podshohlar ollohimning yerdagi adolat elchilaridir.
Iskandar:Sen judayam aqlli javob berding.Zakovatingga qoyilman.Bugundan boshlab ,yo`q shu ondayoq mening eng yaqin maslahatchim b`lursen.
Qalandarga zarbof to`n kiygizishadi.Qahramonlar chiqib ketishadi.
1-boshlovchi: Ulug’ mutaffakir tug’ilgan kun mamlakatimizda har yili qutlug’ sana sifatida tantana qilinadi . Ushbu kunda xalqimiz buyuk shoir dahosiga yana bir karra ta’zim bajo ylaydilar . U kishining porloq xotirasiga ehtirom ko’rsatadilar .
2-boshlovchi: Alisher Navoiydek shoirimiz borligi bilan cheksiz faxrlanamiz . U o’zbek adabiyot ilmi tarixiga yuksak hissa qo’shgan adabiyotimizning buyuk namayodasi ilmiy tadqiqotlar yaratgan olim , ulug’ davlat arbobi , madaniyat homiysidir .
1-o`quvchi: Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki uning qalbiga ham
Lol qolgan zamonasi
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir xayol
Balki g;amgin zotdir u
Balki sho’xchan bir ayol
Balki buyuk farzandiga
Terib bergan chechaklar
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar
Mayliga u kim bo’lmasin
Yolg’iz bir so’z ma’nosi
Alisherning onasi u
Navoiyning onasi
2-3-o`quvchi Navoiy g`zallaridan yod aytadi.
1-boshlovchi:Navoiydek buyuk zot qoshida doimo bosh egamiz . Bizga insoniylik , mehru vafo , do’stlik , sadoqat , saxovatlilik , odamiylik , kamtarlik , yaxshilik . bilim va ma’rifat ziyolarini taratganliklari uchun buyuk Navoiy bobomizga ta’zim qilamiz.
Sahnaga Alisher Navoiy kirib keladi.
Alisher Navoiy: Salom,mening qadrdonlarim.Bugun meni xotirlayotganingizdan bag`oyat shodmen.Mana asrlar osha mening ijodiyotimdan bahramand bo`lganligingizni o`zi umrimning boqiyligidan dalolatdir.Azizlar,men ikki daryo oralig`idagi mamlakatimni yakkaqalam qildim. Asarlarim ila adolat ,vafo,samimiy muhabbat va ilohiy ishq urug`ini sochdim.Adolat ila ish tutdim.Xalqim va ijodimga aslo xiyonat etmadim.Navolarim ila har biringizning qalbingizga mehmon bo`ldim,har biringiz bilan do`st tutindim.