kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

“internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”

Нажмите, чтобы узнать подробности

Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo) shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor.
   

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«“internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”»

“INTERNET VA UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI”

Mehmonova Nafisa Karomatovna

Olimov Behruz Alisherovich


Buxoro shahar kasb-hunar maktabi

Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchilari


21 asr – axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri. Bugungi kun taraqqiyotini jahon axborot tarmog‘i-internetsiz tasavvur qilish mushkul.

Ma’lumki, internet-axborot va hujjatlarning o‘zaro almashinishini ta’minlaydigan kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir.

Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Uydan ko‘chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo‘ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta’lim muassasasining masofaviy (virtual) talabasi bo‘lish, hatto elektron xizmatlarni (matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berish, kitob va risolalarni sahifalash va hokazo) shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor.
         Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferensiyalar o‘tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video yoki audiomuloqot qilish.

Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda.

Lekin internet ko‘plab foydali jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarini ham namoyon qilmoqda. Aholida ayniqsa yoshlarda axborot iste’moli madaniyatining sustligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko‘nikmaning yetishmasligi ba’zilarning g‘arazli kimsa va oqimlar ta’siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo‘liqishlariga sabab bo‘lmoqda. Xitoy Xalq Repspublikasida internetga qaramlik kasallik sifatida e’tirof etilib, uni  davolovchi maxsus shifoxonalar tashkil etilgani so‘zimizning isbotidir.

Global tarmoq natijasida yuzaga kelgan eng katta muammo, bu, albatta, qaramlik, tobelik kasalligidir. Yoshlarning ko‘p vaqtini inernetda o‘tkazishlari global muammoga aylanib ulgurgan. Bugun internet ayrim yoshlar uchun mashhur yozuvchi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari qahramoni Hoshimjon topib olgan sehrli qalpoqchadir.

Umuman, internetga qaramlikning eng og‘ir jihati real olamni, insoniylik burchi va vazifalarini unutishdir. Inson haqiqiy hayotda yashashi, halol mehnat qilishi, ilm olishi, zimmasidagi vazifalarini sidqidildan bajarishi, elu yurtiga fidoyilik bilan xizmat qilishi, atrofdagilarga foyda keltirishi zarur.

Internetda ko‘p vaqtini o‘tkazadigan insonning ruhiyatida mavhumlik va o‘z qobig‘iga o‘ralib olish holati kuzatiladi. Bu esa uni kelajakda “uchinchi kuchlar” tomonidan manqurtlashishi, zombilashtirilishi uchun zamiin yaratadi. Bugungi kunda buzg‘unchi guruhlar yoshlar ongiga ta’sir qilishda asosan internetdan foydalanayotganlari bejiz emas.

Internetning yana bir salbiy jihati-kishilardagi xudbinlik, manmanlik, zamonaviy tilda ifoda etganda, egosentrizm illatining kuchayishiga sabab bo‘lishidir.

Bugungi dunyo yoshlari-son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Bugun internet madaniyati, virtual madaniyat, axborot madaniyati, ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati kabi tushunchalar hayotimizdan o‘rin egalladi. Yoshlarda internet olamida o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilash va foydalanuvchilar bilan to‘g‘ri muomala qilish, virtual olamdagi axborotlarni to‘g‘ri tahlil qilish malakasini shakllantirish davr talabidir.

Internet  [lot. inter — aro va net (work) — tarmoq] — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butun jahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, internet ildizi 50-yillarga borib taqaladi. Xammasi 1949-yilda sobiq ittifoq atom bombasini sinovdan o’tkazilganida boshlangandi. 1969 yil bo’lajak internetning ilk ko’rinishi ARPANET vujudga keladi. Natijada har bir Amerikalik o’quvchi internet bu: “Pentagon jahonga taqdim etgan XX-asrning ajoyib ixtirosi” ekanligi haqida xabar topgandi. Xullas, birlashgan internet tarmog’i 1980-yildan boshlab vujudga kelib internet texnologiyasiga o’tish 1983-yilning yanvar oyida o’z nihoyasiga yetadi. Shu vaqtning o’zida muhofaza kommunikatsiya agentligi ARPANETni ikki mustaqil tarmoqqa bo’lib yuboradi. Ularning biri keyingi tadqiqotlar uchun ikkinchisi esa harbiy aloqalar uchun edi. Tadqiqot tarmog’ining nomi ARPANET bo’lib qoladi.

Bugungi kunda internetsiz hayotni tasavvur etib bо‘lmaydi. Har kuni dunyoning turli sodir bо‘layotgan yangiliklar va turli xabarlarni bizga beminnat yetkazib turgan va buning uchun bizdan faqatgina e’tibor talab qilayotgan internet О‘zbekistonga kirib kelganiga 17 yildan oshdi. О‘tgan yilgi ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar soni 3 milliardga yetgan. О‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining ma’lumotiga kо‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda esa internet foydalanuvchilari soni 8 milliondan ortgan. Internet – XXI asr texnologiyasi. XXI asrni “kompyuter asri” deb ham atasa bо‘ladi. Tanganing ikki tomoni bо‘lgani kabi internetning ham ijobiy ham salbiy jihatlari mavjud. Ammo shuni ham unutmasligimiz lozimki, tanganing u yoki bu tomonini ochish insonlarning, ya’ni bizning qо‘limizda. Shunday ekan, nima uchun endi biz internetni salbiy deya baholashimiz kerak? Axir inson qay maqsadda undan foydalansa, shunga yarasha javob oladi-da

Close up of hand with laptop and social media network icons

2005- yil Vashington universiteti professori Fredrik Zimmerman 4 yoshdan 11 yoshgacha bо‘lgan 1266 ta bolalar о‘rtasida tadqiqot о‘tkazib shunday xulosaga keldi: Aslida bolakaydagi jizzakilik, jaxldorlik, betkachoparlik holati vaxshiy televideo, kompyuter о‘yinlari ta’sirida emas, ota-onaning beparvoligi sababli kelib chiqar ekan. Bola о‘ziga shu tarzda e’tibor tortishga urinadi. Ota- onasidan topa olmagan mehrni u albatta, mitti qalb – “temir quti” lardan izlaydi. Shunday ekan, bu “temir quti” ning salbiy emas, ijobiy tomonidan kо‘proq foydalanish, tanqid ostiga olishdan kо‘ra salbiylikka qarshi immunitet hosil qilish lozim. Chunki, immunitet qanchalik mustahkam bо‘lsa, zararlanish ham shuncha kam kuzatiladi.

   Keling, internetning ijobiy tomonlari haqida fikr yuritamiz. Birinchidan, internet orqali turli bepul kurslarga a’zo bо‘lish, masofaviy ta’lim imkoni mavjud. Ikkinchidan, uyda turib istagan narsangizga buyurtma berish imkoni mavjud. Yana eng muhimlaridan biri, qaynoq yangiliklardan boxabar bо‘lib turish. Umuman olganda, tо‘g‘ri foydalanilsa internet yoshlar ongini buzishdan kо‘ra, uni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 

Hand with credit card and a small shopping cart coming from laptop screen isolated in white

Hozirgi kunda keng tarqalgan insonlarga foyda keltirayotgan saytlardan biri internet magazinlardir.Mamlakatimizda doimo internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda ,shuning uchun ham zamonaviy dunyoda ,korxonalar muvafaqiyati uchun hozirgi vaqtda savdo-sotiqni tarmoq orqali amalga oshirishni ma’qul ko’rmoqdalar.Internet –magazinlar korxona sarf-xarajatlarini kamytiradi, masalan odatdagi magazinlarga qarab chiqadigan bo’lsak xaridorlarning xarid uchun to’lovni amalga oshirishda bitta sotuvchiga to’lash ancha qiyinchilik tug’diradi internet magazinlarda esa bitta konsultantning o’zi yetarli. Shunday ekan,elektron tarzdagi savdo –sotiq korxonalarning samarador ishlashini ta’minlaydi. Internet –magazin odatiy magazinlarga qaraganda quyidagi imkoniyatlarni beradi:

-Internet-magazinlar kecha-kunduz va har kuni, tushlikda tanaffuzsiz ,dam olish kunlarsiz va bayram kunlarida ham ishlaydi;

-xohlagan xaridor ,yerning xohlagan joyida turib magazindagi mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega;

– internet-magazin sotuvchi-konsultant ijarga olish kerak emas,xaridor mahsulot haqida batafsil ma’lumot olish huquqiga ega.

-Internet-magazin maydon bilan chegaralanmaydi.Uni ko’p miqdordagi mahsulot va ko’p miqdorda gi xizmatlar bilan kengaytirish mumkin;

-Internet-magazin yaratish odatdagi magazinlardan ko’ra oz muddat va kam sarmoya sarflanadi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, tо‘g‘ri internetning salbiy jihatlarini ham inkor eta olmaymiz. U istalgan daqiqada о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin. Ammo “butun dunyo о‘rgimchak tо‘ri” dan yaxshilik maqsadida foydalanilsa, undagi salbiylik о‘z-о‘zidan bartaraf etiladi. Zero, “Illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga




Foydalanilgan adabiyotlar


1. G’aniyev S. K. ,Karimov M. М., Tashev К. А. АХBOROT XAVFSIZLIGI Toshkent 07

2. S.S. Qosimov Axborot texnologiyalari xaqida o’quv qo’llanma Toshkent 07

3. G’aniyev S.K.Karimov M.М. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi TDTU 03 4. http://www.kaspersky.ru/

5. http://www.viruslist.ru/

6. http://www.citforum.ru/internet/infsecure/its2000_01.shtml/

7. http://www.osp.ru/lan/2001/04/024.htm/

8. http://www.osp.ru/lan/2001/03/024.htm/

9. www.nasa.gov/statistics/

10. www.security.uz/

11. www.cert.uz/

12. www.uzinfocom.uz/








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Информатика

Категория: Прочее

Целевая аудитория: Прочее

Скачать
“internet va uning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”

Автор: Mehmonova Nafisa Karomatovana Olimov Behruz Alisherovich

Дата: 01.03.2024

Номер свидетельства: 646628


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства