Просмотр содержимого документа
«WordART obyektida ishlash»
6-sinf. Informatika
Mavzu: WordART obyekti
Worddagi hujjat yanada go‘zal bo‘lishi uchun unga so‘z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. Masalan, WordART obyekti referat, maqolalarda nom yoki sarlavhalar yozishda ishlatiladi.
WordART kolleksiyasi
WordArt obyekti – bu manzarali rasm ko‘rinishidagi matn bo‘lib, uning yordamida maxsus matn effektlarini qo‘llash mumkin. Masalan, matnni og‘dirish, cho‘zish, matnni biror shakl ko‘rinishida joylashtirish yoki matnni turli usullarda bo‘yash mumkin. Matnning kerakli joyiga siljitish yoki o‘lchamlarini o‘zgartirish orqali WordArt obyektiga e’tiborni jalb etish mumkin.
Yurgich WordArt obyektini joylashtirish kerak bo‘lgan satrga o‘rnatilgach Joylashtirish (Вставка) tasmasining Matn (Текст) guruhidagi (WordArt) tugmasi tanlanadi.
Ochilgan uslublar ro‘yxatidan manzur bo‘lgan uslub tanlanadi
Natijada matn kiritish uchun quyidagi ko‘rinishda matn maydoni aks etadi:
Bo‘yalib turgan matn maydoni o‘rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona vatan O‘zbekistonim! Yashna O‘zbekiston! Natijada belgilanib turgan matn o‘chib, o‘rnida yangi terilgan matn aks etadi.
Hosil bo‘lgan WordArt obyektiga faollashgan Chizish vositalari- Format(Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasmasi formatlash imkoniyatlarini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Matn aks etish shaklini o‘zgartiramiz. Buning uchunChizishvositalari-Format(Средства рисования-Формат) kontekst-menyu tasmasiWordArt uslublari(Стили WordArt) guruhiAnimatsiya(Анимация) tugmasi ro‘yxatini ochib, quyidagiO‘zgartirilsin(Преобразовать) tugmasi ro‘yxatidanHalqa(Кольцо) shaklini tanlab olamiz va o‘lchamlarini oshiramiz:
Mustahkamlash uchun mashq.
2-mashq.
“Vatanni sevmon iymondandir!”
matnli WordArt obyektini hosil qiling
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
TAYYORLADI:
Uchqo’rg’on tuman, 21-maktabning informatika fani o’qituvchisiElyor Turonov.