kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Tabatshunoslik o'qitish metodikasi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Tabatshunoslik o'qitish metodikasi. Qushlar sinfi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Tabatshunoslik o'qitish metodikasi»

QUSHLAR SINFI


Qushlar — tanasi pat bilan qoplangan issiqqonli parrandalar. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog'liq bo'lmaydi. Qushlar gavdasining tuzilishi va shakli havoda uchishga moslashgan. Ularning gavdasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari qanotlarga aylangan. Jag'lari o'rniga muguz tumshuqlarning rivojlanganligi, suyaklarining yengil va pishiq bo'lishi ularni havoda uchishga moslashganligidan darak beradi.

Qushlarning yuragi to'rt kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan, tuxum qo'yib ko'payadi. Qushlarning 9000 ga yaqin turlari mavjud bo'lib, 28 turkumga ajratiladi. O'zbekiston hududida qushlarning 400 dan ortiq turi uchraydi. Qushlarning tuzilishini ko'k kaptar misolida o'rganiladi.


TASHQI TUZILISHI


Yashash muhiti. Ko'k kaptar shahar va qishloqlarda gala-gala bo'lib hayot kechiradi. Ularni tomlarda, shaharlardagi maydonlarda, don saqlanadigan omborxonalarda ko'plab uchratish mumkin. Kaptarlar yashil o'simlik, don, non uvoqlari va boshqa ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi.

Gavda boiimlari. Kaptarning gavdasi ham sudralib yuruvchilarniki singari bosh, bo'yin, tana va oyoqdan iborat (91-rasm). Uncha katta bo'lmagan boshi yumaloq bo'lib, uzun va juda harakatchan bo'yin orqali tanaga tutashgan. Kaptar bo'ynini burib oziqni cho'qishi; tumshug'i bilan qorni, qanoti, orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qanotlari yoyilganida uni havoda muallaq ushlab turuvchi yuzani hosil qiladi (92-rasm). Oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplangan. Kaptar yerda faqat ikki oyog'iga tayanib yuradi. Harakatlanganida oyoqlari tanasini yerdan ko'tarib turadi.



Tana qoplagichi. Qushlarning terisi yupqa va quruq bo'lib, pat bilan qoplangan. Har bir qoplovchi pat ingichka va qattiq o'zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng yumshoq yelpig'ichdan iborat. Pat yelpig'ichi o'zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o'siqchalaming qalin to'ridan hosil



91-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi:

1 — bosh, 2 — bo'yin, 3 — qanot, 4 — dum, 5 — ustki tumshuq, 6 — ostki tumshuq,

7 — til, 8 — burun teshigi, 9 — quloq teshigi, 10 — barmoqlar, 11 — ilik.



92-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi:

1 -~ yelka suyagi, 2 — bilak suyagi, 3 — panja suyaklari, 4 — muskullar, 5 — birinchi tartib qoqisb patlari, 6 — ikkinchi tartib qoqish patlari.


bo'ladi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan (93-rasm). Ana shunday tuzilgan pat yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi yirik qoplovchi patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushadi va qushning havoda uchishini yengillashtiradigan suyri shaklidagi ko'tarish yuzasini hosil qiladi.




A. B. C.






93-rasm. Qush patining tuziiishi:

A — kontur pat, B — kontur qopiag'ich pat, D — par; 1 — qalam uchi, 2 — birinchi va ikkinchi tartib o'siqchalar, 3 — o'zak.


Qoplovchi patterning ostida momiq parlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig'ichi yumshoq va g'ovak bo'ladi; 2-tartib o'siqchalar bo'lmaydi. Bundan tashqari, ayrim qushlarda parlar ham bo'ladi. Parlarning o'zagi juda kalta, o'siqchalari uning uchida mo'yqalam singari tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar vaqt-vaqti bilan tullab turadi; eski patlari to'kilib, ularning o'rniga yangilari hosil bo'ladi.

Qushlarning terisida bezlar rivojlanmagan, faqat dumi asosida quymich bezi bo'ladi. Ular tumshug'i bilan bu bezdan yog'simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog' patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning yog'langan patlari suv yuqtirmaydigan bo'ladi.

Qushlarning oyog'idagi mayda tangachalar shaklidagi muguz terisi sudralib yuruvchilar terisidagi muguz tangachalarga o'xshaydi. Ularning pat qoplami, tumshuq va oyoqlaridagi muguz qoplamlar, shuningdek, tirnoqlar ham terining ustki qatlamidan hosil bo'lgan.


SKELETI VA MUSKULLARINING TUZIUSHI


Skeleti. Qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlaridan iborat (94-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Chunki ular suyaklarining ichida havo bo'lganligi tufayli juda yengil bo'Iadi. Ucholmaydigan va suvda yashaydigan qushlarning suyagi og'ir bo'Iadi. Bir qancha suyaklar qo'shilib o'sganligi sababli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo'Iadi.

Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko'z kosasi, yuqori va pastki jag'laridan iborat. Jag'lari muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan, tishlar


94-rasm. Kaptar skeleti:

I bosh, 2 — ustki tumshuq, 3 — ostki tumshuq, 4 — bo'yin umurtqalari, 5 — yelka,
6 — ko'krak umurtqalari, 7 — o'mrov, 8 — ko'krak tirgak, 9 — to'sh, 10 — to'sh toji,

II — boldir, 12 ~ son, 13 — tovon, 7-/ — oyoq panja, 15 — barmoqlar, 16 — chanoq,

17— qanot panjasi, 18— bilak, 7P — qovurg'alar, 20— dum umurtqalari.


bo'lmaydi. Bosh skeleti suyaklaridan faqat pastki jag' harakatchan bo'ladi. Bir-biri bilan harakatsiz qo'shilib ketgan bosh suyaklari don cho'qiyotgan qushning tumshug'iga tayanch bo'la oladi.

Umurtqa pog'onasining bo'yin bo'limi uzun, egarga o'xshash umurtqalardan tashkil topgan. Shuning uchun qushlarning bo'yni harakatchan bo'ladi. Qush boshini orqaga 180° ga burushi? tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho'qilashi mumkin.

Ko'krak umurtqalari deyarli harakatsiz birikkan. Harakatsiz birikkan bel va dumg'aza umurtqalari esa o'zaro qo'shilib, yaxlit dum suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo'ladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak bo'limi qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiqqa o'xshash to'sh toji (cho'qmor) ni hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar birikkan. Qovurg'a suyaklarining bir uchi ko'krak umurtqalari, ikkinchi uchi to'sh suyagi bilan harakatchan qo'shilgan.

Qanotlar kamari uch juft: ko'krak tirgak, kurak va o'mrov suyaklaridan iborat. O'mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qushlaming qanoti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlaming qanotida faqat uchta barmoq bo'ladi, bu bilan ular suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning bcsh barmoqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi bir necha mayda panja suyaklar qo'shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Bannoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qo'shilishi tufayli panja suyagi mustahkam bo'ladi. Qushlar uchganida eng ko'p og'irlik ana shu suyakka tushadi.

Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Bu suyaklar umurtqa pog'onasining bel va dumg'aza bo'limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz qo'shilib ketgan. Chanoq suyagining yon tomonida joylashgan chuqurchaga son suyagining bir uchi kirib turadi.

Qushlaming oyoq skeleti yo'g'on son, ingichkaroq va uzunroq ikkita boldir, hamda tovon (ilik) va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo'lib, u bir necha mayda suyakning birikishidan hosil bo'ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yer yuzasidan dast ko'tarilib turishiga va qo'nayotgan qushning tanasiga beriladigan zarbani kamaytirishga imkon beradi.

Muskullari. Bir juft katta ko'krak muskuli uchayotgan qushlar tanasidagi eng yirik muskullar hisoblanadi. Bu muskullarning massasi boshqa hamma muskullar massasiga teng keladi. Ko'krak muskullari yelka suyagiga kelib tutashadi. Tojning kengaygan yuzasi ana shu eng kuchli muskullarning birikadigan joyi hisoblanadi. Katta ko'krak muskullari qisqarganida qanotlar tushiriladi. Bu muskullarning ostida joylashgan birmuncha kuchsiz o'mrov muskullarining qisqarishi tufayli qanotlar ko'tariladi.

Oyoq muskullari ham yaxslii rivojlangan. Ular qushlarni yerda harakatlanishiga yordam beradi. Qushlaming oyoq bo'g'imlari orqali paylar o'tgan. Paylarning uchi barmoqlargacha yetib borgan. Qush shohga qo'nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o'tirishi va yiqilib tushmasdan uxlayverishi mumkin. Qovurg'alarga va ularning o'simtalariga birikadigan qovurg'alararo muskullar qisqarganida ko'krak qafasining hajmi kengayib qushlar nafas oladi.

Qushlar boshining harakatlanishi, ya'ni burilishi, ko'tarilishi va tushirilishi bir nechta mayda bo'yin muskullarining qisqarishi bilan bog'liq.


ICHKI TUZILISHI VA SEZGI ORGANLARI


Tana bo'shlig'i. Qushlaming tana bo'shlig'ini ko'krak qafasi va chanoq suyaklari himoya qilib turadi. Ichki organlar ana shu bo'shliqda joylashgan.

Hazm qilish sistemasi. Qushlaming tumshug'i oziq topadigan a'zo hisoblanadi. Tumshuqning tuzilishi va o'lchami oziq xiliga hamda oziqlanish usuliga ko'p jihatdan bog'liq. Tishlari bo'lmaganligi uchun qushlar oziqni butunligicha yutadi. Birmuncha yirikroq oziqni esa tumshug'i bilan cho'qilab, uzib olib yutadi. Qizilo'ngach juda cho'ziluvchan bo'lganidanuning hajmi oziqlanayotgan qushlarda bir necha baravar ortishi mumkin. Donxo'r qushlar (masalan, kaptar) qisilo'ngachning keyingi qismi kengayib, zaxira oziq saqlanadigan organ — jig'ildonga aylangan (95-rasm). Qushlaming oshqozoni ikki bo'Iimdan iborat. Oldingi bezli bo'limidan ajralib chiqayotgan oshqozon shirasi ta'sirida oziq yumshaydi. Oshqozonning ikkinchi muskuli bo'limida oziq maydalanadi. Qushlar yutadigan mayda toshlar oziqni maydalashga yordam beradi.

Qushlar tanasining harorati doimiy bo'lib, tashqi muhit haroratiga bog'liq boimaydi. Shuning uchun qushlar issiqqonli hayvonlar hisoblanadi.

Qushlar tanasida haroratning doimiy bo'lishi va ularning uchishi juda katta energiya talab qiladi. Shuning uchun qushlar tez-tez oziqlanib turadi, hayotining ko'p qismini ular oziq topish uchun sarflaydi. Oziq ularning ichagida tez hazm bo'ladi. Hatto qattiq oziq bilan oziqlanadigan donxo'r qushlaming ozig'i ham 2—3 soat davomida batamom hazm bo'lib ketadi.

Qushlaming ichagi kloakaga ochiladi. Kloakaga jinsiy organlarning chiqarish yo'li va siydik yo'li ham ochiladi. Kloakada siydik axlat bilan aralashib tashqariga chiqariladi.

Nafas olish sistemasi. Qushlar ancha murakkab tuzilgan o'pka orqali nafas oladi. Nafas olishda o'pka bilan bir qatorda havo pufaklari ham ishtirok etadi. Bu pufaklar tana bo'shlig'idagi ichki organlar orasida joylashgan va o'pka bilan bog'langan. Qushlar yerda ko'krak qafasining kengayib-torayishi tufayli nafas oladi. Uchayotgan qushlaming qanoti ko'tarilib tushganida havo xaltachalari ham kengayib-torayadi va ulardan chiqayotgan havo o'pka orqali o'tadi. Qanotlar qancha





95-rasm. Kaptaming hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi:

1 — og'iz bo'shlig'i, 2 — jig'ildon, 5 — qizilo'ngach, 4 — oshqozon, 5 — oshqozonosti bezi, 6 — kloaka, 7 — buyrak, 8 — kekirdak, 9— o'pka,70— havoxaltasi, II—jigar.



ko'p marta qoqilsa, qush o'pkasi orqali havo aylanishi sljfuncha tez boradi. Xuddi shuning uchun uchayotgan qushning nafasi bo'g'iljo qolmasdan, aksincha, tezlashadi.Masalan, kaptar bir minutda tinch turganida 26 marta, uchganida esa 400 marta nafas oladi. Bundan tashqari, ichki organlar orasida havo pufakchalariga kiradigan havo qushlar tanasini sovitib turadi.

Qon aylanish sistemasi ikkita qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi to'rt kamerali, ikkita yurak bo'lmasi va ikkita qorinchadan iborat (96-rasm). Shuning uchun arteriya va vena qoni tamoman ajralgan bo'lib, yurakdan tanasiga kislorodga boy arteriya qoni keladi. Qushlar yuragining ishlashi ularning harakatlanishi bilan bog'liq. Masalan, kaptaming yuragi tinch turganida 165 marta, uchganida esa 550 marta qisqaradi. Moddalar almashinuvi jarayoni qushlar organizmida juda tez kechganidan, ularda tana harorati o'rtacha 42DC ni tashkil etadi. Ayrim qushlar tanasining harorati hatto 44,5°C ga yetadi.







96- rasm.Kaptarning qon aylanish sistemasi va yuragining tuzilishi.

1 – yurak, 2 – o’pka, 3 – kichik qon aylanish doirasi, 4 – katta qon aylanish doirasi, 5 – o’ng yurak bo’lmasi, 6 – o’ng yurak qorinchasi, 7 – chap yurak bo’lmasi, 8 –chap yurak qorinchasi, 9 – aorta, 10 – o’pka arteriyalari, 11 – vena, 12 – o’pka venasi.










97-rasm. Qush bosh miyasining tuzilishi:

A — ustki tomondan ko'rinishi, B — yon tomondan ko'rinishi; 1 — miya katta yarimsharlari, 2 — o'rta miya, 3 — miyacha, 4 — uzunchoq miya.


Sezgi organlari. Qushlarning ko'zi juda yaxshi rivojlangan. Havoda uchayotgan qush ancha uzoqdagi narsalarni ham payqab oladi. Ayrim qushlarning ko'zi odamnikiga nisbatan 100 marta sezgirroq bo'ladi. Qushlar uzoqdagi narsalarni ko'ra olishi bilan birga atigi bir necha santimetr naridagi buyumlarni ham payqay oladi. Qushlar rangni ham boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi ajrata oladi. Qushlar yaxshi eshitadi, lekin hidni yaxshi ajrata olmaydi.

Nerv sistemasi sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Bosh miyasi ancha yirik va murakkab tuzilgan (97-rasm). Ularning xilma-xil xatti-harakatlari bosh miyaning, ayniqsa, oldingi yarimsharlarning kuchli rivojlanganligi bilan bog'liq. O'rta miyadagi ko'rish do'mboqchasi yaxshi rivojlanganligi tufayli qushlarning ko'zlari juda o'tkir bo'ladi. Qushlarning miyachasi va ayniqsa, uning po'stlog'ida burmalar ko'p bo'ladi. Shuning uchun uchayotgan qushning harakati juda xilma-xil va murakkab bo'ladi. Biroq ularning ko'p harakatlari tug'ma instinktdan iborat. Bunday hatti-harakatlarga misol tariqasida juftlashish, uya qurish va tuxum bosishni ko'rsatish mumkin. Biroq, qushlarning hayoti davomida xilma-xil shartli reflekslar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, tuxumdan chiqqan jo'jalar dastlab hech narsadan cho'chimaydi, ovqatlanish shartsiz refleksi asosida ko'zga ko'ringan hamma narsani cho'qib ko'radi. Keyinchalik, harbir jo'ja o'z shaxsiy hayoti davomida o'z dushmanini, yeb bo'ladigan va yeb bo'lmaydigan narsalarni farq qilishni o'rganadi. Vaqt o'tishi bilan shartli reflekslar soni orta boradi. Qushlar o'z egasini taniydigan, uning ovoziga e'tiborberadigan bo'lib qoladi. Qushlarning havoda chamalab yo'l topish xususiyati ham yaxshi rivojlangan. Havoda chamalay olish xususiyati qushiarning uchib ketishi va uchib kelishida katta ahamiyatga ega.

Qushlar turli tovushlar yordamida o'zaro aloqa qiladi. Ular sayrash bilan birga notinchlik, qo'rqinch, chaqiriq va boshqalarni bildiruvchi tovushlar chiqarib, o'z turi individlari bilan o'zaro munosabatda bo'ladi.

Ko'pchilik qushlarda shartli reflekslar tcz va oson hosil bo'ladi. Shuning uchun ular tez qo'lga o'rganadi. Qarg'a, mayna, qorayaloq va ayniqsa, to'tilar ayrim so'zlar va hatto iboralarni eslab qolib, takrorlashi mumkin.


KO'PAYISHI VA RIVOJLANISHI


Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qushlarning ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'1-ko'l bo'lishiga bog'liq. Masalan, go 'ngqarg'alar jo'jalarini boqish uchun zarur bo'lgan chuvalchanglar va hasharotlarning qurtlarini tuproqdan o'simliklar baland bo'lib o'sib chiqqunga qadar oson topganida erta bahorda ko'payishga kirishadi. Havoda uchadigan hasharotlar bilan jo'jalarini boqadigan qaldirg'ochlar esa keyinroq, havoda hasharotlar paydo bo'lgandan so'ng in qurishga kirishadi.

Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan ko'pchilik chumchuqsimonlar va tnusichalarningjufti faqat bir mavsum davomida saqlanadi. Yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) ning jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkagi va bir necha urg'ochilaridan iborat gala hosil qiladi yoki faqat vaqtinchalik juft hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) doimiy juft hosil qilmaydi. Qushlarning jufti tasodifan hosil bo'lmaydi, balki saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tu$hayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif qiladi. Karqurlarva qurlaming Xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish uchun to'planishadi. Ular faqat ko'payish davri uchun xos bo'lgan ovoz chiqaradi, qanotlari va dumini yoyib o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi. Ular bu harakatlarning hammasi urg'ochisini jalb qilishga qaratilgan bo'ladi.

Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi. Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar va daraxtlarda uya quradigan qushlar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi (98-rasm). Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagiga uya quradi, O'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'otlari ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi.

Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo'ladi (99-rasm). Tuxumning pishiq qobig'i (po'chog'i) tuxumni bosib yotadigan qushning og'irligiga chidash beradi. Ochiq joyda uya quradigan qushlarning tuxumi ko'pincha himoya rangli xoldor bo'ladi. Tuxum markazida sariq rangli suyuqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o'rab turadi. Sariqlik ikki tomondagi kanopcha yordamida tuxum po'chog'iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlarini bir me'yorda isishi uchun ularni oyog'i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya'ni qush tanasi yaqinida turadi.

Tabiatda ko'pchilik qushlar bir nechta, ayrimlari 10—20 tagacha tuxum qo'yadi.

Jo'ja ochadigan va jish jo'ja ochadigan qushlar. Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g'oz va xonaki parrandalar ochgan jo'jalarining tanasi par bilan qoplangani va ko'zi ochiq bo'lganidan tuxumdan chiqqandan so'ng ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular jo'ja ochadigan qushlar deyiladi. Jo'jalari onasi-ning qanoti ostiga tez-tez kirib, isinib turishadi.

Kaptar, qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jasi zaif bo'lib, ko'zlari yumuq, quloq teshiklari yopiq, yalong'och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan, oyog'ida turolmaydi. Ularni ota-ona qushlar uzoq vaqt davomida boqadi. Bunday qushlar uya quradigan yoki jish jo'ja ochadigan qushlar deyiladi.

Nasliga g'amxo'rlik qilish. Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi har xil shaklda namoyon bo'ladi. Tuxum bosish, jo'jalarni boqish va isitish bilan birga uya quradigan qushlar uya ifloslanmasligi uchun undan jo'jalari axlatini chiqarib tashlaydi. Biron xavf tug'ilganida dushmaniga tashlanib, jo'jalarini himoyaqiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, ehug'ur-chuqlar dushmanini sezganida ovozini boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'ochisi xavf tug'ilganida o'ziga xos tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi, jo'jalari darhol har tomonga tarqalib bckinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo 'rg'a tuvaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatda qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Bunday nayrangga uchgan yirtqich «oson» o'ljaga tashlanadi. Ona qush esa unga chap berib yuguradi. Qush dushmanni uzoqqa aldab olib borgach, jo'jalari yashiringan joyga qaytib kelib, ularni chaqirib oladi. Qushlar oziq bo'ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib jo'jalarini chaqirib oladi.

Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Ularning eng qadimgi ajdodi — arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (101-rasm). Jag'lari, tishlariva20 taumurtqadan iborat uzun dumining bo'lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga o'xshasa, tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o'xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaratilgan bo'lishi uning daraxtda yashaganligini ko'rsatadi.



98-rasm. Qushiar uyasi:

/ — ko'rgalak, 2 — vahmaqush; 3 — qizilto'sh, 4 — qaldirg'och, 5 -- qarg'a.



99-rasm. Qush tuxumining tuzilishi:


1 — po'choq, 2 — po'choqosti par-dasi, 3 ~ havo kamerasi, 4 — suyuq oqsil, 5— oqsil kanopcha, 6— sariqlik parda, 7— sariqlik, 8 — murtak diski.












100-rasm. Arxeopteriksning 101-rasm. Qadimgi qush—

toshga aylangan skeleti arxeopteriks.

qoldiqlari.

Qushlarning tuzilishida ham sudralib yuruvchilarga o'xshash birqancha belgilar mavjud. Xususan, qushlar iligi va barmoqlarida tangachalar saqlanib qolgan; terisi quruq, ter bezlari rivojlanmagan, sudralib yuruvchilar singari yirik tuxum qo'yib ko'payadi.


MAVSUMIY HODISALARGA MOSLANISHI


O'lkamizda uchraydigan qushlarning yashash joyini yil fasllariga qarab o'zgartirib turishi yoki o'zgartirmasligiga binoan o'troq, ko'chib yuruvchi (ko'chmanchi), uchib o'tuvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo'lish mumkin.

O'troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, musicha, ko'k kaptar, kaklik, so'fito'rg'ay, qirg'ovul, chumchuq, mayna kabi qushlar o'troq qushlar deyiladi. Chumchuqlar va musichalar qishda ko'pincha xonaki parrandalar bilan birga donlaydi. Ayrim qushlar yozda bir oz oziq g'amlaydi. Chittaklar yoz oxirida urug' va hasharotlarni daraxt po'stlog'i yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo'yacU- Oziq taqchil bo'ladigan yoki erta bahorda ana shu zaxira oziqni topib yeydi.

Ko'chmanchi qushlar. Yil fasllariga qarab kichikroq to'da bo'lib, asta-sekin joyini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chmanchi qushlar deyiladi. Masalan, go'ngqarg'alar, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kamroq, lekin oziq-ovqat mo'lroq bo'lgan joylarga ko'chib ketishadi. Ko'chmanchi qushlarning doimiy qishlov joyi bo'lmaydi.

Uchib o'tuvchi qushlar. Bu xildagi qushlar bizning o'lkamizda in qurmaydi, Ularni faqat qishloq joylarga uchib ketayotganida yoki u yerlardan uchib kelayotganida, dam olish va oziqlanish uchun to'xtab o'tganida uchratish mumkin. Turna va oqqushlar xuddi shunday qushlardandir.

Uchib ketuvchi qushlar. Qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlaydi. Uchishdan oldin ular gala hosil qilishadi. Bitta galada birdaniga yuzlab va hatto minglab qushlar bo'lishi mumkin. Bir qancha qushlar kunduzi, boshqalari esa kechasi uchadi. Uchib ketuvchi qushlar ko'nikib qolgan doimiy qishlov joyiga uchib boradi.

Qushlar harxil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar doimiy yashash joyi hali issiq, ozuqasi yetarli bo'lishidan qat'i nazar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda uchib ketadi. Boshqa qushlar, masalan, o'rdak, g'oz va oqqush keen kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolrnay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi, qishni o'tkazgach o'sha yo'ldan orqaga — o'z vataniga qaytadi. Bu yerda in qurib, jo'ja ochadi. 102-rasrnda oq laylakning qishlov joylari sariq rangda, in qurib jofja ochadigan joylari yashil rangda ko'rsatilgan.

Qushlarning uchib ketish sabablari. Qafasda saqlanayotgan qushlarning xatti-harakati kuzatilganida, ularning kuz kirishi bilan juda bezovtalanib qafasdan chiqishga urinishi, ammo bir necha haftadan keyin yana tinchlanishini kuzatish mumkin.

Olimlar qushlarning uchib ketishi ularning yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishi bilan bog'liq, deb taxmin qiladilar. Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq ular qishlov joylariga uchib ketadi. Qish bo'lmaydigan tropik mintaqalarda yashaydigan qushlar ham uchib keladi. Ammo ularning uchib ketishi har yili sodir bo'lib turadigan qurg'oqchilik, sel yoki namgarchilik mavsumidan saqlanishga moslanishdan iborat.

Qushlaming bahorda o'z vatanlariga uchib ketishi ko'payish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlaming qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi. Xuddi shuningdek, bahor kelishi bilan kunlarning uzaya boshlashi ularning qadrdon o'lkalariga uchib ketishi uchun turtki bo'ladi. Shunday qilib, qushlar ko'p asrlar davomida har yili sovuq tushadigan yoki qurg'oqchilik bo'ladigan o'lkalardan uchib ketishadi, noqulay mavsumning tugashi bilan esa yana uchib kelishadi. Qushlaming uchib ketishi va uchib kelishi ulardagi tug'ma instinkt xatti-harakati hisoblanadi. Bu hodisa mavsumning yil davomida almashinib turishi ta'sirida bundan bir necha million yil ilgari paydo bo'lgan.

Qushlarning uchib ketish jtfUitiT aniqlash, Qushlar qishlov joyiga uchib ketayotganidayo'lini aniq topaolishi olimlarni ko'pdan qiziqtirib kelgan. Yo'lni aniqlashda qushlaming ko'zlari va quyoshga qarab yo'l topishi qisman ahamiyatga ega, Lekin, ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Planetariylarda o'tkazilgan tajribalar ularni yulduzlarga qarab yo'l topish qobiliyatiga ega ekanligini ko'rsatadi. Aftidan, ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin.


Qushlarning qishlov joyiga uchib ketish yo'lini aniqlashi tug'ma qobiliyat bo'lib, uni qanday amalga oshishi hozircha to'liq hal etilmagan.

Qushlarni halqalash. Qushlarning qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqalishi va qanclia yil umr ko'rishini aniqlash maqsadida ular halqalanadi. Buning uchun tabiiy yashash joyidan tutib olingan qushning oyog'iga raqamlar va halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydiriladi va yana uchirib yuboriladi. Maxsus daftarga halqalangan qushning turi, uning tartib raqami, qush tutib olingan joyning nomi va vaqti yozib qo'yiladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Xatda qushni qachon va qaerdan tutilganligi to'g'risida ham xabar qilinadi.

Halqalash tufayli O'rta Osiyo hududida yashaydigan laylaklarni Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklarini Janubi-Sharqiy tropik Afrikada qishlashi, bulbullarni tropik Afrikaga, qaldirg'ochlarni Afrika va Hindistonga uchib ketishi aniqlangan.

QUSHLARNING XILMA-XTLLIGI: VOHA QUSHLARI


O'rta Osiyo vohalari inson mehnati tufayli bunyod etilgan juda katta maydonni egallaydi. Shahar va qishloqlarimizdagi bog' va xiyobonlar, dalalar va o'tloqlarda ko'pchilikka ma'lum bo'lgan xilma-xil qushlar uchraydi. Ular orasida chum­chuqsimonlar ko'pchilikni tashkil etadi.

Chumchuqsimonlar turkumi. Chumchuqsimonlar mayda va o'rtacha kattalikdagi qushlardir. Tashqi ko'rinishi, yashash sharoiti va oziqlaiiishiga ko'ra xilma-xil bo'ladi. Ularning erkagi yirikligi, rangdorligi, ovozi va boshidagi tojga o'xshash patlari bilan urg'ochilaridan ajralib turadi. Chumchuqsimonlar qushlarning eng xilma-xil turkumi bo'lib, barcha qushlar tunning deyarli yarmini o'z ichiga oladi (103-rasm).




103-rasm. Voha qushlari. Chumchuqsimonlar turkumi:

1 — chug'urchuq, 2 — hakka, 3 — qaldirg'och, 4 — zog'cha, 5 — qarg'a, 6 — chittak, 7— chumchuq, 8 — go'ngqarg'a.




Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O. M. Mavlonov “Zoologiya”. Toshkent – 2004 yil.

  2. J. A. Azimov, Y. D. Pavlatov. “Qiziqarli Biologiya”.

  3. O. Mavlonov . “Zoologiya – hayvonlar dunyosi” Toshkent – 2003.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Биология

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Tabatshunoslik o'qitish metodikasi

Автор: Qo'ldoshev Rustambek Avezmurodovich Jumaev Ro'ziqul Xoliqulovich

Дата: 24.12.2016

Номер свидетельства: 373031


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства